Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 74–79-betlar
O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Eshtuxtarova, Mutabar, Yaxiyaxonova, Muxiba, Negmatova, Sevinch
DOI: 10.70413/zdit-v04-i26-p1-017 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan zamonaviy talablar va pedagogik yondashuvlar haqida so‘z yuritadi. Maqolada ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, intellektual va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratilgan. O‘quv jarayonida konstruktivizm, interaktiv ta’lim, masofaviy ta’lim va problembazaviy yondashuvlar kabi innovatsion metodlar qo‘llanishi zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, o‘qituvchilarning individual yondashuvi, pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va zamonaviy metodlarni joriy etish ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi. Maqolada o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, va ta’lim usullarini zamonaviy talablarga moslashtirishning ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqotda keltirilgan ilmiy materiallar va metodologiyalar ta’lim tizimini yangilash va rivojlantirishda muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatadi.
O‘quv jarayoni, zamonaviy talablar, pedagogik yondashuvlar, konstruktivizm, interaktiv ta’lim, masofaviy ta’lim, problembazaviy yondashuv, ta’lim metodikasi, o‘quvchilar, shaxsiy rivojlanish, innovatsion metodlar, ta’lim texnologiyalari, o‘qituvchilarning professional malakasi, ta’lim sifatini oshirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.