Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 17–19-betlar
ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Abdullayeva, Umida
DOI: 10.70413/zdit-v04-i27-p1-005 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bilish jarayonlari — diqqat, xotira, tafakkur, idrok va nutqning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, eshitish cheklovlari bilan yashayotgan bolalarda kognitiv faoliyatning shakllanishi va rivojlanishi, maxsus pedagogik yondashuvlarning o‘rni, vizual va taktil sezgi orqali kompensator mexanizmlarning rivojlanishi yoritib berilgan. Maqola maxsus pedagogika, defektologiya va inkluziv ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun foydalidir.
Eshitish nuqsoni, bilish jarayonlari, diqqat, xotira, idrok, maxsus pedagogika, kompensator mexanizmlar, surdotarbiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.