Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 25–28-betlar

INVESTITSIYA FAOLIYATI VA FOND BOZORI TUSHUNCHASI TASNIFLARI

Xidirnazarov, Azamat

DOI: 10.5281/zenodo.16785145 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

tadqiqotda investitsiya faoliyati va fond bozori tushunchalari hamda tasniflarini tahlil qilishga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekistonning milliy yondashuvini xalqaro ilg'or tajribalar bilan solishtirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ishda investitsiya faoliyatining nazariy asoslari, uning xususiyatlari va shakllari, shuningdek, fond bozorining funksiyalari va tashkiliy tuzilishi ko'rib chiqiladi. O'zbekiston fond bozorining samarali rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi asosiy muammolar, jumladan, qonunchilikdagi murakkabliklar, infratuzilma yetishmasligi va davlat korxonalarining ustunligi aniqlangan. Bozorni rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar va strategiyalarning hozirgi holati tahlil qilinadi, shuningdek, muvaffaqiyatli rivojlanayotgan iqtisodiyotlar tajribasidan saboqlar olinadi. Asosiy xulosalar o'sish katalizatori sifatida likvidlikning ahamiyatini hamda inson kapitali va moliya bozorining rivojlanishi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlaydi. Yakunda O'zbekiston fond bozorini yanada takomillashtirish, uning jozibadorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq tavsiyalar berilgan..

fond bozori, investitsiya oqimlari, bozorni rivojlantirish, investorlarni himoya, shafoflik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.