Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 4–10-betlar

AUTIZM: RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA O’ZBEKISTONDAGI BOLALAR ORASIDA TARQALISH KO’RSATGICHLARI

Abduganiyeva, Durdona

DOI: 10.70413/zdit-v04-i28-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada autizm spektr buzilishining (ASB) rivojlanish bosqichlari, belgilari va diagnostika jarayonlari haqida umumiy tahlil berilgan hamda O‘zbekistondagi bolalar orasida autizmning tarqalish ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. Maqolada autizmning ilk simptomlari, yoshga qarab namoyon bo‘lishi, shuningdek, ijtimoiy, til va xulq-atvor sohalariga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda mavjud statistik ma’lumotlar asosida autizmli bolalar sonining yillik o‘sish dinamikasi, diagnostika tizimi va jamiyatdagi munosabat tahlil qilinadi. Xulosa qismida autizmni erta aniqlash, erta aralashuv va davlat darajasidagi qo‘llab-quvvatlash tizimlarini takomillashtirish zarurligi ta’kidlanadi.

Autizm spektr buzilishi, rivojlanish bosqichlari, bolalar psixologiyasi, O‘zbekiston, tarqalish darajasi, erta diagnostika, logopedik yondashuv, ijtimoiy moslashuv, maxsus ta’lim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.