Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 44–49-betlar
TALABALARDA ATROF-MUHIT BILAN UYG‘UN HAYOT TARZINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA INNOVATSION DASTURLAR
Tadjibayeva, Gavxaroy
DOI: 10.70413/zdit-v04-i28-p1-011 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezis talabalarda atrof-muhit bilan uyg‘un hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan innovatsion dasturlarni tahlil qiladi. Maqsad – ekologik ongni oshirish, barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarni atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga undashdir. Tadqiqotda turli metodologik yondashuvlar, jumladan STEM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) ta’limi, IoT (Internet of Things) texnologiyalari, san’at asosidagi ekologik ta’lim va virtual reallik (VR) vositalarining samaradorligi o‘rganilgan. Ushbu dasturlar talabalarning ekologik bilimlarini oshirish, ularning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish va barqaror hayot tarzini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Talabalar, atrof-muhit bilan uyg‘un hayot tarzi, innovatsion dasturlar, STEM ta’limi, IoT texnologiyalari, san’at asosidagi ekologik ta’lim, virtual reallik (VR), barqaror rivojlanish
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.