Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 135–140-betlar
BAKTERIYAL TABIATLI ICHAK INFEKSIYALAR QO‘ZG‘ATUVCHILARI: ENTEROBAKTERIYALAR
Ziyodullayeva, Iroda
DOI: 10.70413/zdit-v04-i29-p1-034 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada bakterial tabiatli ichak infeksiyalarining eng muhim qo‘zg‘atuvchilari hisoblangan enterobakteriyalar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Enterobakteriyalar oilasiga mansub mikroorganizmlarning umumiy morfologik, fiziologik va antigenik xususiyatlari, ularning patogenligi, infeksion jarayonlarni keltirib chiqarish mexanizmlari va tarqalish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, ichak infeksiyalarining klinik kechishi, tashxislash usullari, laborator tahlil asoslari, profilaktika choralariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada salmonella, shigella, escherichia coli kabi asosiy vakillarning biologik va epidemiologik xususiyatlari, shuningdek, zamonaviy antibakterial terapiya yondashuvlari tahlil qilinadi.
Enterobakteriyalar, ichak infeksiyalari, Escherichia coli, salmonellyoz, shigellyoz, tashxis, patogenez, antibakterial terapiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.