Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 160–161-betlar

ENERGETIKA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHNING IJTIMOIY MUHITGA TA'SIRI

Vapayeva, Munavvara

DOI: 10.5281/zenodo.17159916 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola energetika loyihalarini moliyalashtirishning ijtimoiy muhitga ta'sirini tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihalari misolida moliyaviy investitsiyalarning aholi turmush darajasi, bandlik, infratuzilma rivojlanishi va atrof-muhitga bo'lgan ta'siri ko'rib chiqiladi. Maqolada ushbu loyihalarni moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy xavflar va imkoniyatlar, shuningdek, ularni boshqarish bo'yicha tavsiyalar ilgari surilgan. Tadqiqot xulosalari shuni ko'rsatadiki, energetika loyihalari iqtisodiy o'sishga xizmat qilishi bilan birga, to'g'ri rejalashtirilmagan taqdirda, ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, loyihalarni moliyalashtirishda ijtimoiy mas'uliyat va barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilish muhimdir.

Energetika loyihalari, moliyalashtirish, ijtimoiy ta'sir, barqaror rivojlanish, ijtimoiy mas'uliyat, investitsiyalar, ijtimoiy muhit, O'zbekiston.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.