Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 201–203-betlar
E. XEMINGUEYNING “CHOL VA DENGIZ” ASARIDAGI ABSURD KONSEPTI
Rizayeva, Shaxnozabonu
DOI: 10.5281/zenodo.14810442 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Xeminguey, XX asrning eng mashhur yozuvchilaridan biri, o‘z asarlarida insonning ekzistensial muammolarini va absurd hayotning qiyinchiliklarini teran ruhiy tasvirlar bilan ifoda etadi. U, ko‘plab badiiy asarlarida, insonning ichki kurashlari, umidsizliklari va hayotning ma’nosini izlash jarayonlarini yoritadi. Uning "Chol va Dengiz" asari, inson ruhining kuchi va zaifligi, hayot va o‘lim o‘rtasidagi kurashni aks ettiruvchi muhim badiiy asar sifatida ajralib turadi. Ushbu maqolada Xemingueyning "Chol va Dengiz" asarida dengiz va baliq simvolizmining ekzistensial va absurd jihatlari tahlil qilinadi. Santiago qahramoni orqali inson ruhining kuchi va zaifligi, hayot va o‘lim o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi. Maqola, o‘quvchini hayotning ma'nosini izlashga, qiyinchiliklarga duch kelishga va ichki kuchini topishga ilhomlantiradi.
dengiz, baliq, ekzistensializm, absurd, E. Xeminguey, Santiago, kurash, hayot ma'nosi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.