Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 42–46-betlar

YASHIL IQTISODIYOT KONSEPSIYASI ASOSIDA O‘ZBEKISTON AGRAR SEKTORINI MODERNIZATSIYA QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Yunusov, Anasxon

DOI: 10.70413/zdit-v04-i30-p1-011 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston agrar sektorini rivojlantirish jarayonida “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining tamoyillarini joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanib, uni modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda resurslardan oqilona foydalanish masalalari dolzarbdir. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ekologik toza texnologiyalarni tatbiq etish, tabiiy resurslar samaradorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash jarayonlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Shuningdek, Tadqiqotda suv va yer resurslaridan foydalanishda innovatsion yondashuvlar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, agrobiznes subyektlari uchun moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezident qarorlari va xalqaro tajriba asosida agrar sektorning barqaror rivojlanish istiqbollari ochib beriladi. Natijada, ekologik muvozanatni saqlash bilan birga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

yashil iqtisodiyot, agrar sektor, barqaror rivojlanish, modernizatsiya, ekologik texnologiyalar, resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslari, yer resurslari, qayta tiklanuvchi energiya, agrobiznes, moliyaviy rag‘batlantirish, ekologik muvozanat, iqtisodiy samaradorlik, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.