Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 51–53-betlar

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA ESTETIK DID VA MADANIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA MUZEY PEDAGOGIKASINING O‘RNI

Murodova, Durdonaxon

DOI: 10.70413/zdit-v04-i30-p1-013 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik did va madaniy tafakkurni shakllantirishda muzey pedagogikasining o‘rni yoritiladi. Estetik did shaxsning go‘zallikni anglash, qadrlash va yaratish qobiliyati bo‘lib, u pedagogning kasbiy madaniyati va tarbiyaviy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Madaniy tafakkur esa shaxsning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ongli munosabati, tarixiy merosni anglash va zamonaviy madaniy jarayonlarda faol ishtirok etish qobiliyatini ifodalaydi. Maqolada muzey resurslarining estetik va madaniy tarbiyada tutgan o‘rni, interfaol metodlar, raqamli muzey imkoniyatlari hamda xorijiy va milliy tajribalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida muzey pedagogikasini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘lajak o‘qituvchilarning umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirishning muhim mexanizmi ekanligi asoslanadi.

Estetik did, madaniy tafakkur, muzey pedagogikasi, bo‘lajak o‘qituvchilar, milliy meros, umuminsoniy qadriyatlar, raqamli muzey, pedagogik metodlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.