Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 97–99-betlar
ANDIJON QOʻZGʻOLONI ARAFASIDA FARGʻONA VODIYSIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY INQIROZ
Azimova, Yulduz
DOI: 10.5281/zenodo.17204994 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda 1898 yilgi Andijon qoʻzgʻoloni arafasida Fargʻona vodiysida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning tarkibiy omillari tahlil qilinadi. Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosati natijasida vadiyning xoʻjalik tuzilmasida yuz bergan biryoqlama paxtachilikka oʻtish, yer-suv munosabatlarining oʻzgarishi, demografik bosim, epidemiyalar va narx-navoning keskin tebranishi mahalliy aholining daromadlari, ijtimoiy adolat tasavvurlari hamda diniy-ma’naviy muhitiga qanday ta’sir etgani yoritiladi. Tadqiqot tarixiy-strukturaviy tahlil, komparativ yondashuv va davr matbuoti hamda ma’muriy hisobotlar bo‘yicha ikkilamchi manbalarni sharhlashga tayanadi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, iqtisodiy tanglik siyosiy-ma’muriy kamsitishlar va madaniy-diniy cheklovlar bilan qoʻshilib, norozilik kayfiyatini kuchaytirgan, sufiy tarmoqlar va mahalliy yetakchilarning safarbarlik salohiyatini oshirgan. Xulosa sifatida, qoʻzgʻolon nafaqat diniy kayfiyat yoki “tashqi qoʻzgʻatuvchi”lar bilan, balki vadiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimida jamlangan strukturaviy muvozanatsizliklar bilan ham izohlanadi.
Fargʻona vodiysi, Andijon qoʻzgʻoloni, paxtachilik, yer-suv munosabatlari, demografiya, narx-navo, mustamlakachilik, sufiylik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.