Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 138–144-betlar
MIJOZLARGA YO‘NALTIRILGAN MARKETING VA CRMNING BANK SOHASIDAGI AHAMIYATI
Sharipova, Omina
DOI: 10.70413/zdit-v04-i30-p1-036 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola bank tizimida keng qo‘llanilayotgan mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Kuchli raqobat sharoitida banklar uchun eng muhim vazifalardan biri mavjud mijozlarning sodiqligini ta’minlashdir. Hozirgi davrda moliya institutlari mijozlarga yo‘naltirilgan marketingning ahamiyatini tobora chuqurroq anglab, uni faol amaliyotga joriy etmoqda. M34azkur yondashuv nafaqat banklar, balki xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarida ham samarali natijalar berishi mumkin. Mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalari banklarga uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli va barqaror aloqalarni shakllantirish imkonini yaratadi. Bunday uzoq muddatli munosabatlar esa banklarning operatsion xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, yangi mijozlarni jalb etish jarayonida muhim omil sifatida xizmat qiladi.
mijozlarga yo‘naltirilgan marketing, mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalari, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish, CRM, sodiq mijozlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.