Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 11–16-betlar

XALQARO TAJRIBALAR ASOSIDA TEMIR YO‘L VOKZALLARIDA XIZMATLARNI DIVERSIFIKATSIYA QILISHNING NAZARIY VA AMALIY YO‘NALISHLARI

Iskandarov, Kudrat

DOI: 10.70413/zdit-v04-i32-p1-003 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada temir yo‘l vokzallarining transport tugunidan tashqari ko‘p funksiyali xizmat, savdo va ijtimoiy markaz sifatida rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Yaponiya, Gonkong, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur, Janubiy Koreya, Ispaniya va Xitoy tajribasi asosida xizmatlarni diversifikatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari — xalqaro benchmarking, moliyaviy barqarorlik, davlat-xususiy hamkorlik (PPP), shaharsozlik va turizm integratsiyasi, brend sodiqligi, raqamli transformatsiya hamda ijtimoiy-ekologik barqarorlik yoritiladi. O‘zbekiston sharoitida “eki-naka” va “mini-hub” klasterlari, TOD modeli, zonal joylashuv, servis KPI tizimi, smart-xizmatlar va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini tatbiq etish istiqbollari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari milliy transport tizimining raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va turizm salohiyatini kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

temir yo‘l vokzali, xizmat diversifikatsiyasi, benchmarking, PPP, TOD, raqamli transformatsiya, barqaror rivojlanish, xalqaro tajriba.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.