Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 109–112-betlar

IJTIMOIY TARMOQLARDA “LIKE” VA “REPOST” HARAKATLARINING HUQUQIY BAHOSI: MILLIY VA XORIJIY MAMLAKATLAR QONUNCHILIGIDAGI YONDASHUVLAR TAHLILI

Raimova, Diyora

DOI: 10.5281/zenodo.17338076 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan “like bosish” va “repost qilish” kabi harakatlarning huquqiy mazmuni hamda ularning jamoat xavfsizligiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunchiligida bunday harakatlarning bevosita ko‘rsatilmaganligi, ammo ayrim hollarda ularni taqiqlangan diniy materiallar, ekstremistik va terroristik kontentni tarqatish bilan bog‘lash tendensiyasi mavjudligi qayd etilgan. Maqolada Germaniya va Rossiya tajribalari tahlil qilinib, “layk” yoki “repost” harakatlarini jinoyat sifatida baholashda shaxsning niyati va maqsadini aniqlash muhimligi ta’kidlangan.

ijtimoiy tarmoqlar, ekstremizm, terrorizm, like bosish, repost, soʻz erkinligi, jamoat xavfsizligi, diniy mazmundagi materiallar, axborot maydoni, jinoiy javobgarlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.