Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 4–6-betlar

AVLONIY ASARLARIDA SHAXS MA’NAVIY KAMOLOTI VA UNING TA’LIM TIZIMIDAGI TALQINI

Ashurova, Madina

DOI: 10.70413/zdit-v04-i33-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tadqiqot Abdulla Avloniy merosida shaxs ma’naviy kamoloti g‘oyasining mazmuni va uning hozirgi ta’lim tizimidagi talqinini yoritadi. Tadqiqotda “Turkiy guliston yoxud axloq” hamda “Birinchi muallim” asarlari tarixiy-pedagogik kontekstda sharhlanib, ma’naviy kamolotni bilim, amal va xulq birligi sifatida tushuntiruvchi konseptual asoslar tahlil qilinadi. Vygotskiy va Dyui qarashlari bilan matnlararası qiyosiy yondashuv, shuningdek kompetensiyaviy model, formatif baholash va ijtimoiy-emotsional o‘qitish talablari bilan integratsiya yo‘llari ko‘rsatildi. Natijalarga ko‘ra, Avloniy muallim shaxsiy namunasi, nutq va muloqot madaniyati, mehnat va jamoatchilikka foyda keltirish tamoyillari orqali o‘quvchi ichki rag‘batini mustahkamlash, vijdoniy refleksiya va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishni asosiy yo‘nalish sifatida belgilaydi. Mazkur yondashuv hozirgi dasturlarda fuqarolik, kommunikativ va raqamli etik kompetensiyalarni shakllantirishga mos keladi va ta’lim siyosati, maktab madaniyati hamda o‘qituvchi malakasi uchun amaliy yo‘l-yo‘riqlar taklif etadi.

Abdulla Avloniy, ma’naviy kamolot, axloqiy tarbiya, muallim namunasining roli, kompetensiyaviy ta’lim, refleksiya, formatif baholash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.