Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 22–24-betlar

INKLYUZIV TA’LIM MUASSASALARIDA LOGOPEDIK ISHNI TASHKIL ETISH

Maxmudova, Dildora, Utbosarova, Umida

DOI: 10.70413/zdit-v04-i33-p1-007 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bugungi kunda ta’lim sohasida inklyuziv yondashuvning jadal rivojlanishi, barcha o‘quvchilarning teng huquqli va sifatli ta’lim olishini ta’minlashga qaratilgan global tendensiyalarni aks ettirmoqda. Inklyuziv ta’lim muassasalari o‘z navbatida, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ularning kognitiv, ijtimoiy va kommunikativ salohiyatini to‘liq rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday sharoitda logopedik ishni tashkil etish, ayniqsa nutq buzilishlari bilan yuzma-yuz kelgan bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki nutq – shaxsning atrof-muhit bilan samarali muloqot qilishining asosiy vositasi sifatida, uning ijtimoiy faolligi va akademik muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu sababli, inklyuziv muhitda logopedik yordamning samarali tashkil etilishi pedagogik, psixologik va ijtimoiy nuqtai nazardan integrativ yondashuvni talab etadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.