Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 50–52-betlar
AXLOQIY TANLOV VA MAS’ULIYAT: O‘TKIR HOSHIMOVNING ‘DUNYONING ISHLARI’ ASARINI KEYS-STADI USULIDA O‘QITISH
Mardonova, Sevinchxon
DOI: 10.70413/zdit-v04-i33-p1-017 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tezisda umumta’lim maktablarida O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarini axloqiy tanlov va shaxsiy mas’uliyat kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida keys-stadi (case study) usulida o‘qitishning nazariy va amaliy asoslarini yoritadi. Tadqiqot konstruktivizm, sotsiokultural o‘rganish, dialogik ta’lim va tajribaviy o‘qitish konsepsiyalariga tayanadi; asardagi axloqiy dilemmalar bilan ishlash orqali o‘quvchilarda dalillangan talqin, empatiya, refleksiya va fuqarolik mas’uliyati ko‘nikmalari shakllanishi ko‘rsatib beriladi. Sinov darslari dizaynida muammoli vaziyatlar, personajlar qarorlarining oqibatlari va muallif pozitsiyasini anglashga yo‘naltirilgan savol-yo‘naltirish, kichik guruh muloqoti, “nuqtai nazarlar xaritasi”, reflektiv esse hamda portfel-baholashdan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, keys-stadi yondashuvi o‘quvchilarni matnni fakt va sitatalar asosida talqin qilishga, qadriyatlar to‘qnashuvi sharoitida muqobil yechimlar ishlab chiqishga hamda shaxsiy hayotiy tajribasini adabiy matn bilan bog‘lashga undaydi. Ushbu yondashuv adabiyot darsini bilimlar reproduksiyasidan muloqot va qaror qabul qilish laboratoriyasiga aylantirib, axloqiy fikrlashni amaliy ko‘nikmaga transformatsiya qiladi.
O‘tkir Hoshimov, “Dunyoning ishlari”, keys-stadi, axloqiy tanlov, mas’uliyat, dialogik ta’lim, refleksiya, portfel-baholash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.