Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 64–66-betlar

GADJETLARGA QARAMLIKNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI VA SALBIY OQIBATLARI

Akramova, Gulrux

DOI: 10.5281/zenodo.17397083 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan muammo — gadjetlarga psixologik qaramlikning shakllanish mexanizmlari, uning shaxs ruhiy holatiga, emotsional barqarorlikka va ijtimoiy xulq-atvorga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda psixologik qaramlik tushunchasining nazariy asoslari, uning motivatsion, kognitiv va affektiv komponentlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, o‘smirlar va yoshlarning gadjetlardan ortiqcha foydalanishi natijasida paydo bo‘ladigan psixologik disbalans, ijtimoiy izolyatsiya, diqqatning pasayishi, depressiv holatlar va real muloqot ko‘nikmalarining zaiflashuvi kabi oqibatlar misolida muammo yoritiladi. Maqolada psixoprofilaktika va psixokorreksiya usullarining ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi.

gadjet qaramligi, raqamli texnologiya, psixologik mexanizm, motivatsion omillar, kognitiv dissonans, emotsional beqarorlik, ijtimoiy izolyatsiya, psixoprofilaktika, ruhiy salomatlik, raqamli gigiyena.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.