Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 67–71-betlar

TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA MARKETING STRATEGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Rashidov, Saidislom

DOI: 10.70413/zdit-v04-i33-p1-022 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonida marketing strategiyalaridan samarali foydalanishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritiladi. Xususan, Xorazm viloyati misolida ta’lim muassasalarida marketing yondashuvlari, ularning raqobatbardoshlikni oshirishdagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 4P va 7P marketing modellari, brending, raqamli marketing va CRM tizimlarining ta’lim sohasidagi qo‘llanishi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim muassasalari marketingdan foydalanmagan holda abituriyentlar oqimini yo‘qotishi, brend va imij shakllantirishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Yakunda ta’lim tizimida marketing bo‘limlarini tashkil etish va raqamli kommunikatsiyani kuchaytirishga doir takliflar bildirildi.

ta’lim marketingi, strategiya, raqamli marketing, brendlash, Xorazm, ta’lim tizimi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.