Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 75–77-betlar

YEVROPA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM FALSAFASI: QADRIYAT VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR QIYOSI

Karimov, Zafarbek

DOI: 10.70413/zdit-v04-i33-p1-024 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Yevropa va O‘zbekiston ta’lim falsafasining tarixiy shakllanish jarayoni, qadriyat tizimi hamda metodologik asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Ta’lim falsafasi shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi ma’naviy-intellektual aloqalarni ifoda etuvchi nazariy yo‘nalish bo‘lib, uning mazmuni milliy qadriyatlar bilan global tamoyillar uyg‘unligida shakllanadi. Yevropa ta’lim falsafasi inson markaziyligi, tanqidiy fikrlash, sekulyar va kompetensiyaga asoslangan yondashuv bilan tavsiflansa, O‘zbekiston ta’lim falsafasi milliy-ma’naviy qadriyatlarga, komil inson g‘oyasiga va integratsion tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotda falsafiy-metodologik, tarixiy-komparativ va aksiologik tahlil uslublari qo‘llanildi.

ta’lim falsafasi, Yevropa, O‘zbekiston, qadriyatlar, metodologiya, gumanizm, milliy g‘oya, integratsiya, komparativ tahlil.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.