Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 116–118-betlar
VIRTUALIZATSIYA TEXNOLOGIYASIGA ASOSLANGAN AVTOMATLASHTIRILGAN VIRTUAL LABORATORIYA TIZIMI ARXITEKTURASI
Samarov, Xusnutdin, Salimov, Zayniddin
DOI: 10.5281/zenodo.17404044 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Zamonaviy ta’limda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun xavfsiz virtual laboratoriya muhitlari zarur. Ushbu tadqiqotda virtualizatsiya texnologiyasiga asoslangan avtomatlashtirilgan virtual laboratoriya tizimi ishlab chiqildi. Tizimning markaziy qismi — LabDrive mikroxizmati bo‘lib, u laboratoriya fayllarini tahlil qiladi, Docker muhitini yaratadi va foydalanuvchi so‘rovlarini NGINX reverse proxy orqali yo‘naltiradi. Foydalanuvchi autentifikatsiyasi JWT token mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. Sinov natijalari tizimning tezkorligini (5–10 soniya) va resurs tejamkorligini (40% gacha) ko‘rsatdi. Shuningdek, UserSession modeli taklif etilib, u konteyner qatlamini kamaytirish orqali xotira sarfini 60–80% gacha qisqartiradi. Bu yondashuv ko‘p foydalanuvchili virtual muhitni samarali boshqarish imkonini beradi.
Docker, LabDrive, mikroxizmatli arxitektura, JWT, NGINX, UserSession, virtual laboratoriya, avtomatlashtirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.