Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 89–92-betlar

OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDA MOTAM BILAN BOGʻLIQ LEKSIK VOSITALARNING CHOGʻISHTIRMA TADQIQI

Moʻydinova, Maftunaxon

DOI: 10.5281/zenodo.14843521 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezisda o‘zbek va ingliz tillarida motam bilan bog‘liq leksik vositalarning lingvistik xususiyatlari, ularning semantik, stilistik va pragmatik jihatlari chog‘ishtirma tahlil qilinadi. Tezisda motam bilan bog‘liq so‘z va iboralar milliy mentalitet, madaniy tafakkur va an’analar doirasida o‘rganilib, har ikkala til tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlar aniqlanadi. O‘zbek va ingliz tillaridagi motam leksikasi turli madaniyatlarning psixolingvistik va etnolingvistik omillar asosida shakllanganligi tahlil qilinadi. Shuningdek, tezisda motam marosimlarining til vositasidagi aks ettirilish shakllari ham ko‘rib chiqilib, bu boradagi umumiy va farqli jihatlar ochib beriladi.

motam leksikasi, chog‘ishtirma tadqiq, semantika, pragmatika, stilistika, madaniy tafakkur, psixolingvistika, etnolingvistika, milliy mentalitet, an’anaviy marosimlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.