Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 127–129-betlar
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA “NON/BREAD” TUSHUNCHASINING KONSEPTUAL TASVIRI
Buzurxanova, Kamola
DOI: 10.70413/zdit-v04-i05-p1-039 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz tillarida “non/bread” tushunchasining konseptual tasviri lingvokognitiv hamda lingvokulturologik nuqtai nazardan tadqiq etiladi. “Non” va “bread” so‘zlari nafaqat lug‘aviy ma’no, balki milliy tafakkur, urf-odatlar, qadriyatlar, metaforik talqinlar va ramziy mazmun jihatidan ham chuqur ko‘rib chiqiladi. O‘zbek mentalitetida “non” baraka, farovonlik va ma’naviy yuksalish timsoli sifatida e’zoz qilinsa, ingliz madaniy doirasida “bread” ko‘proq tirikchilik, kundalik hayot ta’minotiga ishora qiluvchi semantik maydon yaratadi. Ushbu tadqiqot til va madaniyat o‘zaro uzviy bog‘liq jarayon ekanini hamda milliy merosni saqlash va zamonaviy ilm-fan talablari doirasida uni anglash zarurligini ko‘rsatadi.
konsept, lingvokognitiv, lingvokulturologik, non, bread, mentalitet, madaniy kod, metafora, urf-odat, semantika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.