Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 31–34-betlar

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INKLYUZIV TA’LIM BERISH JARAYONIDA UZVIYLIKNI TA’MINLASH

Eshkobilova, Guldona

DOI: 10.70413/zdit-v04-i08-p1-010 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida inklyuziv ta’limni joriy etish jarayonida uzviylikni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Avvalo, inklyuziv ta’lim va uzviylik tushunchalariga izoh berilib, ularning bir-biriga bog‘liq jihatlari bayon etiladi. Shuningdek, matematik tushunchalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish hamda diferensiatsiya, baholash va monitoring jarayonlariga alohida e’tibor qaratish lozimligi asoslab beriladi. Maqolada turli uslubdagi dars metodikalari, ko‘rgazmali qurollar va interaktiv texnologiyalardan foydalanish orqali hammasi uchun qulay bo‘lgan ta’lim muhitini barpo etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Yakunda, inklyuziv ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf matematika darslari sifatini oshirish va o‘quvchilarni ijtimoiy jihatdan uyg‘un rivojlantirishda uzviylikni ta’minlashning ahamiyati xulosa sifatida bayon etiladi.

inklyuziv ta’lim, boshlang‘ich sinf, matematika, uzviylik, diferensiatsiya, metodika, baholash, monitoring, ijtimoiy integratsiya, pedagogik texnologiyalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.