Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 47–52-betlar
FARG‘ONA VILOYATI TUPROQLARINING O‘RGANILISH TARIXI
Karimova, Dilnozaxon
DOI: 10.5281/zenodo.16081941 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Fargʻona vodiysi Oʻzbekistonning eng muhim qishloq xoʻjalik mintaqalaridan biri boʻlib, uning tuproqlari qadim zamonlardan buyon iqtisodiy va ekologik ahamiyatga ega boʻlib kelgan. Sugʻoriladigan yerlarda paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirish ushbu hududning agrar rivojlanishida asosiy oʻrinni egallaydi. Tuproq unumdorligini aniqlash va yaxshilash boʻyicha olib borilgan izlanishlar nafaqat qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini oshirish, balki ekologik barqarorlikni taʼminlash uchun ham muhimdir.Fargʻona viloyati tuproqlari tarixan turli davrlarda oʻrganilib, ulardan samarali foydalanish uchun ilmiy asoslar ishlab chiqilgan. Dastlabki tadqiqotlar Rossiya imperiyasi davrida boshlanib, Sovet Ittifoqi davrida esa keng koʻlamli melioratsiya va shoʻrlanishni bartaraf etishga qaratilgan ishlanmalar olib borildi. Mustaqillik yillarida esa tuproq resurslarining ekologik va iqtisodiy ahamiyati, shuningdek, iqlim oʻzgarishlari sharoitida ulardan foydalanish masalalari alohida eʼtibor qozondi.Mazkur maqolada Fargʻona viloyati tuproqlarining oʻrganilish tarixi, tadqiqot yoʻnalishlari va ularning hudud qishloq xoʻjaligiga taʼsiri tahlil qilinadi. Ushbu izlanishlarning natijalari nafaqat ilmiy qiymatga ega, balki hududning iqtisodiy va ekologik barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.