Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 121–125-betlar
SHO‘RLANGAN HUDUDLARDA SHOLI YETISHTIRISHDA IQLIM O‘ZGARISHINING IQTISODIY ZARARLARI VA MOSLASHUV XARAJATLARI TAHLILI
Mirzayeva, Shaxnoza
DOI: 10.5281/zenodo.20172973 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada sho‘rlangan hududlarda sholi yetishtirish tizimlarida iqlim o‘zgarishining iqtisodiy zararlari va moslashuv xarajatlari o‘zaro bog‘liqlikda iqtisodiy tahlil qilindi. Tadqiqotda iqlim omillari — harorat rejimining o‘zgarishi va suv resurslari ta’minotining qisqarishi — tuproq sho‘rlanishining kuchayishi orqali ishlab chiqarish natijalariga bilvosita ta’sir etuvchi omil sifatida qaraldi. Empirik baholash regressiya tahlili va stsenariy yondashuvi asosida amalga oshirilib, iqlim o‘zgarishining iqtisodiy zararlari hosildorlikning pasayishi, ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi hamda qo‘shimcha meliorativ ehtiyojlarning shakllanishi orqali yuzaga kelishi asoslab berildi. Shu bilan birga, moslashuv chora-tadbirlari iqtisodiy nuqtai nazardan ikki tomonlama xarakterga ega ekani aniqlanib, ular qisqa muddatda xarajatlarni oshiruvchi, ammo uzoq muddatda zararlarni cheklovchi omil sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatildi.
iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy zararlarni baholash, moslashuv xarajatlari, sho‘rlanish jarayoni, irrigatsion qishloq xo‘jaligi, sholi ishlab chiqarishi, iqtisodiy modellashtirish
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.