Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 129–134-betlar
TA’MINOT ZANJIRLARINI BOSHQARISHDA AUTSORSINGDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Xakimova, Muslima
DOI: 10.5281/zenodo.20132722 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tezisda ta’minot zanjirlarini boshqarishda autsorsingdan foydalanish samaradorligi, uning logistika xarajatlarini kamaytirishdagi ahamiyati, korxonalarning asosiy faoliyatga e’tibor qaratish imkoniyatlari hamda xalqaro amaliyotdagi natijalari tahlil qilingan. Shuningdek, uchinchi tomon logistika operatorlari (3PL) xizmatlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi, transport va ombor xarajatlarini optimallashtirishdagi o‘rni ham ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tadqiqot davomida autsorsingning afzalliklari bilan bir qatorda, ta’minot zanjiridagi xavflar, nazoratning kamayishi va axborot xavfsizligi muammolari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari autsorsingning zamonaviy logistika tizimlarida strategik boshqaruv vositasiga aylanganligini ko‘rsatadi.
Ta’minot zanjiri, autsorsing, logistika, 3PL, SCM, transport xarajatlari, ombor boshqaruvi, raqamli logistika, samaradorlik, logistika xizmatlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.