Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 141–143-betlar
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASHDA MUSIQA MASHG‘ULOTLARINING O‘RNI
Ergasheva, Bahora
DOI: 10.70413/zdit-v05-i14-p1-040 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash jarayonida musiqa mashg‘ulotlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Estetik tarbiya bolada go‘zallikni idrok etish, emotsional his-tuyg‘ularni boyitish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy-estetik didini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, musiqa san’ati bu jarayonda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Maqolada musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, ritmik harakatlar va bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish kabi faoliyat turlari ko‘rib chiqilib, ularning bolaning emotsional, aqliy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri ochib berilgan. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida musiqa mashg‘ulotlarining milliy musiqiy meros bilan bog‘lanishi, innovatsion usullar va amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tizimli musiqa tarbiyasi bolalarda estetik zavqni uyg‘otish, ritm va ohang tuyg‘usini shakllantirish, ijodkorlikni oshirish orqali ularni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Maqola nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, maktabgacha ta’lim mutaxassislariga mo‘ljallangan.
maktabgacha yoshdagi bolalar, estetik tarbiya, musiqa mashg‘ulotlari, musiqiy tarbiya, emotsional rivojlanish, ijodiy qobiliyatlar, milliy musiqiy meros, ritmik harakatlar, musiqa tinglash, “Ilk qadam” dasturi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.