Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 29–40-betlar
PERKUTAN KORONAR ARALASHUVDAN KEYIN BEMORNI KOMPLEKS TERAPEVTIK BOSHQARISH: ANTITROMBOTIK DAVOLASH, LIPID NAZORATI VA ARTERIAL BOSIMNI OPTIMALLASHTIRISH
Akramov, Behzod
DOI: 10.5281/zenodo.20155574 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Perkutan koronar aralashuv (PKA, PCI) koronar arteriya kasalligini davolashda eng ko’p qo’llaniladigan invaziv usullardan biri bo’lsa-da, stent qo’yilishi kasallikning yakuniy nuqtasi emas. Klinik natija ko’p jihatdan stentdan keyingi terapevtik boshqaruvga - antitrombotik davo davomiyligini individual tanlash, qon ketish va ishemik xavfni muvozanatlash, past zichlikdagi lipoprotein xolesterinni (LDL-X) maqsadli darajaga tushirish, arterial bosimni barqaror nazorat qilish, qandli diabet va surunkali buyrak kasalligini bir vaqtda boshqarishga bog’liq. Ushbu maqolada 2023-2025-yillarda e’lon qilingan yirik klinik ko’rsatmalar asosida PKA o’tkazilgan bemorlarni terapevtik kuzatishning amaliy algoritmi taklif etiladi. Maqola terapiya shifokori, kardiolog, intervension kardiolog va oilaviy shifokor o’rtasidagi uzluksiz hamkorlikka urg’u beradi. Asosiy g’oya shundan iboratki, yaxshi bajarilgan stentlash natijasi faqat angiografik muvaffaqiyat bilan emas, balki keyingi 12 oy va undan uzoq davrda dori qabul qilish intizomi, laborator nazorat va xavf omillarini agressiv korreksiya qilish bilan belgilanadi.
perkutan koronar aralashuv, stent, ikki komponentli antiagregant terapiya, surunkali koronar sindrom, o’tkir koronar sindrom, LDL-xolesterin, arterial gipertenziya, terapiya, intervension kardiologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.