Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 56–59-betlar

SO’ZLARNING O’Z VA KO’CHMA MA’NOLARI

Norqulova, Zarnigor

DOI: 10.5281/zenodo.20175230 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

So’zlarning o’z va ko’chma ma’nolari tilshunoslikda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular tilning mazmun va ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi. O’z ma’nosi so’zning dastlabki, asosiy va konkret tushunchani ifodalaydigan ma’nosidir. Bu ma’no hamma uchun tushunarli va bevosita anglanadi. Masalan, ,,yurak” sozi qon haydash a’zosini bildiradi. Biroq, so’zlar ko’pincha badiiylik, obrazlilik yoki ko’proq ta’sir uyg’otish maqsadida ko’chma ma’noda ishlatiladi. Ko’chma ma’no so’zning o’z ma’nosidan chekinib, boshqa tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu jarayon asosida o’xshashlik, metafora yoki majoziy ma’no yotadi. Masalan, ,,yurak” ko’chma ma’noda jasorat yoki mehir-oqibatni ifodalaydi. Tilning boyligi va badiiy ifoda kuchi ko’p jihatdan so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolaridan  foydalanishga bog’liq. Bu hodisa adabiyot, muloqot va boshqa sohalarda tushunchalarni yanada rang-barang ifodalash imkonini beradi. So’zlarning o’z va ko’chma ma’nolarini o’rganish, nafaqat tilshunoslik balki adabiy asarlarni tahlil qilish uchun ham muhimdir. Bu hodisa til rivojlanishida ijodkorlik va nutq ta’sirchanligini oshiradi.

o’z ma’no, ko’chma ma’no, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.