Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 107–112-betlar
TALABA SHAXSI RIVOJLANISHIDA AKADEMIK STRESSNING O‘RNI
Iskandarova, E’zoza
DOI: 10.5281/zenodo.20205453 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tezisda talaba shaxsi rivojlanishida akademik stressning tutgan o‘rni, uning psixologik, pedagogik hamda ijtimoiy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida akademik stressning talabalarning emotsional holati, motivatsiyasi, o‘quv faoliyati samaradorligi va shaxsiy rivojlanishiga ta’siri o‘rganildi. Ilmiy manbalar asosida stressning kelib chiqish omillari, uning salbiy va ijobiy ko‘rinishlari hamda stressni boshqarishning samarali mexanizmlari yoritildi. Oliy ta’lim muassasalarida ortib borayotgan akademik yuklama, raqobat muhiti va baholash tizimlari talabalarda psixologik zo‘riqishning kuchayishiga sabab bo‘layotgani ilmiy dalillar asosida asoslandi. Tadqiqot natijalari akademik stressni boshqarish talaba shaxsining barkamol rivojlanishi uchun muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Akademik stress, talaba shaxsi, psixologik rivojlanish, motivatsiya, emotsional holat, oliy ta’lim, stress omillari, psixologik moslashuv, ta’lim sifati, pedagogik psixologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.