Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 142–144-betlar

DAVLAT SIYOSIY IMIJINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING ROLI

Farmonova, Sitora

DOI: 10.5281/zenodo.20265649 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda davlat siyosiy imijini shakllantirishda zamonaviy kommunikatsiya vositalarining, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, shuningdek, «O‘zbekiston 24» telekanalining o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli kommunikatsiya muhitining rivojlanishi, siyosiy imijga ta’sir etuvchi omillar hamda kontentning mazmuniy va diskurs xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, axborotning tezkorligi hamda auditoriya bilan interaktiv muloqot darajasi siyosiy ishonchni shakllantirishdagi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Empirik ma’lumotlar asosida televideniye va ijtimoiy tarmoqlarning siyosiy imijga ta’siri baholanadi. Natijada, samarali siyosiy kommunikatsiya uchun ikki tomonlama muloqotni kuchaytirish zarurligi asoslab beriladi.

siyosiy imij, PR, raqamli kommunikatsiya, onlayn platforma, Oliy Majlis, televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, kontent-analiz, diskurs, auditoriya, interaktivlik, ishonch.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.