Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 145–151-betlar

TOHIR MALIK ASARLARIDA FRAZEOLOGIK TRANSFORMATSIYANING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Salimova, Mohinur

DOI: 10.5281/zenodo.20265678 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek nasrining yirik namoyandasi Tohir Malikning “Iblis devori” qissasi misolida frazeologik birliklarning lingvopragmatik transformatsiyasi tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda barqaror birliklarning shakliy va semantik o‘zgarish mexanizmlarini aniqlash hamda ularning muallif kommunikativ strategiyasidagi o‘rnini yoritib berishdan iborat. Maqolada kontekstual-interpretativ, komponent tahlil va lingvopragmatik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, adib frazeologik kengayish, elipsis va kontaminatsiya usullari orqali tildagi an’anaviy qoliplarni "sindirish" va yangi pragmatik ma’nolar (illokutiv kuch) hosil qilish strategiyasini qo‘llaydi. Tahlillar natijasida transformatsiyaga uchragan iboralarning 45% i personajlarning salbiy xarakteristikasini kuchaytirishga, 30% i esa badiiy psixologizmni ta’minlashga xizmat qilishi aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, Tohir Malik nasridagi frazeologik transformatsiyalar lisoniy me’yordan chekinish emas, balki asarning g‘oyaviy-estetik konsepsiyasini lisoniy asoslovchi murakkab kognitiv jarayondir. Tadqiqot natijalari o‘zbek frazeologik stilistikasi va pragmalingvistikasini tizimlashtirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Frazeologik transformatsiya, lingvopragmatika, Tohir Malik, “Iblis devori” qissasi, okkazionalizm, kommunikativ strategiya, badiiy diskurs, pragmatik illokutsiya, struktur-semantik o‘zgarish, o‘zbek frazeologiyasi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.