Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 184–185-betlar
TIBBIY TA’LIMDA SIMULYATSION TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKT INTEGATSIYASINING KLINIK KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Kodirova, Sh.A.
DOI: 10.5281/zenodo.20284528 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bugungi kunda dunyo miqyosida tibbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, uni innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish va raqamlashtirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarga mos malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ta’lim sifatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tibbiyot sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil klinik fikrlay oladigan hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan shifokorlarni tayyorlash bugungi kunning asosiy talablaridan biridir. Zamonaviy tibbiy ta’lim nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, balki amaliy ko‘nikmalarni puxta shakllantirishni ham talab etadi. Shu sababli klinik fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, jumladan simulyatsion ta’lim va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) va ko‘plab xalqaro tibbiy ta’lim markazlari tomonidan simulyatsion ta’lim tibbiy xatolarni kamaytirish, bemorlar xavfsizligini oshirish va shifokorlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali vositasi sifatida e’tirof etilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.