Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 4–7-betlar
PARLAMENT KONSTITUTSIYAVIY MAS’ULIYATINING NAZARIY-HUQUQIY MOHIYATI
Xusenov, Bekzod
DOI: 10.5281/zenodo.20285262 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Zamonaviy konstitutsiyaviy davlatda parlament alohida o‘rin egallaydi. U xalq vakilligi organi sifatida davlat hokimiyatining demokratik legitimligini ta’minlaydi, qonun ijodkorligi orqali ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asosini yaratadi va parlament nazorati vositasida boshqa davlat hokimiyati organlari faoliyatining konstitutsiyaviy chegaralarini saqlaydi. Aynan shu uch o‘lchamning birikuvi parlamentni davlat hokimiyati tizimidagi noyob institutga aylantiradi va shu maqomdan kelib chiqadigan konstitutsiyaviy mas’uliyatning nazariy-huquqiy mazmunini belgilaydi. Konstitutsiyaviy mas’uliyat masalasi mazkur kontekstda parlamentning xalq oldidagi vakillik vazifalari, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga sodiqligi va qonun ijodkorligida konstitutsiyaviy mezonlarga rioya qilishi bilan uzviy bog‘langan kategoriyaga aylanadi.
konstitutsionnoyepravomoskvanormakonstitutsionnoyepravomoskvanorma
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.