Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 14–17-betlar

XORIJIY QOVUN NAV NAMUNALARINING ISSIQXONA SHAROITIDAGI HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARI

Bolikulov, Farxod, Mamatkulova, Dildora

DOI: 10.5281/zenodo.20588634 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda 2025–2026-yillarda issiqxona sharoitida xorijiy qovun nav namunalarining hosildorlik ko‘rsatkichlari baholandi. Tadqiqot obyekti sifatida Samarqand handalagi navi (standart) hamda HB1-1, HB1-2, HB1-3, HB1-4, HB1-5, HB1-6 va HB1-7 nav namunalari o‘rganildi. Tadqiqot davomida mevaning o‘rtacha vazni, umumiy hosil, tovarbop mahsulot ulushi, tovarbop hosil hamda standart navga nisbatan hosildorlik darajasi aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori hosildorlik HB1-6 nav namunasida kuzatilib, umumiy hosil 32,2 t/ga va tovarbop hosil 30,7 t/ga ni tashkil etdi. HB1-1 va HB1-5 namunalari ham yuqori hosildorlik ko‘rsatkichlarini namoyon etdi. Olingan natijalar asosida HB1-6, HB1-1 va HB1-5 nav namunalari issiqxona sharoitida yetishtirish hamda seleksiya ishlari uchun istiqbolli genotiplar sifatida tavsiya etildi.

qovun, hosildorlik, tovarbop hosil, meva vazni, nav namunasi, issiqxona, seleksiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.