Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 18–21-betlar
XORIJIY QOVUN NAV NAMUNALARINING ISSIQXONA SHAROITIDA YER USTKI QISMINING O‘SISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Bolikulov, Farxod, Mamatkulova, Dildora
DOI: 10.5281/zenodo.20588698 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda 2025–2026-yillarda issiqxona sharoitida xorijiy qovun nav namunalarining vegetativ o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot obyekti sifatida Samarqand handalagi navi (standart) hamda HB1-1, HB1-2, HB1-3, HB1-4, HB1-5, HB1-6 va HB1-7 nav namunalari tanlandi. Tadqiqot davomida asosiy poyaning uzunligi, yon shoxlar soni, yon shoxlarning umumiy uzunligi hamda barglar soni kabi muhim biometrik ko‘rsatkichlar baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, HB1-7 va HB1-6 nav namunalari eng uzun asosiy poya hosil qilgan bo‘lsa, Samarqand handalagi va HB1-2 namunalarida yon shoxlarning rivojlanishi kuchli bo‘lgan. Barglar soni bo‘yicha esa HB1-7 namunasi eng yuqori natijani qayd etdi. Tadqiqot natijalari ayrim xorijiy nav namunalarining vegetativ o‘sish salohiyati yuqori ekanligini ko‘rsatdi.
qovun, nav namunasi, issiqxona, vegetativ o‘sish, asosiy poya, yon shox, barg soni, biometrik ko‘rsatkichlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.