Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 96–101-betlar

BEHI KO‘CHATLARINING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TURLI EKISH SXEMALARINING TA’SIRI

Namozov, Ixtiyor, Aynaqulov, Komiljon

DOI: 10.5281/zenodo.20627951 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada turli ekish sxemalarining (60×25, 70×25, 80×25 va 90×25 sm) ikki xil payvandtag (R4 va BA-29) da o‘stirilgan beshta behi navining (“Samarkandskaya krupnoplodnaya”, “Aromatnaya”, “Izobelnaya”, “Olmabehi”, “Otlichnitsa”) morfo-biologik ko‘rsatkichlariga ta’siri 2023-2025 yillar davomida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekish sxemalarining zichlashuvi (60×25 sm) barcha navlarda ildiz tizimi hajmi, novda hosil qilish qobiliyati, barglar soni, tanasining diametri va novda uzunligining pasayishiga olib kelgan. Kengaytirilgan ekish sxemalari (80×25 va 90×25 sm) ko‘rsatkichlarning sezilarli o‘sishini ta’minlagan. 80×25 va 90×25 sm sxemalar orasidagi farq amaliy jihatdan ahamiyatsiz bo‘lganligi sababli, 80×25 sm sxemasi optimal variant sifatida tavsiya etiladi.

behi navlari, ekish sxemasi, payvandtag, morfo-biologik rivojlanish, ildiz tizimi, novda hosil qilishi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.