Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 122–127-betlar
BOSHLANG'ICH SINFLARDA DIFFERENSIALLASHTIRILGAN O'QITISH METODIKASI ORQALI HAR BIR O'QUVCHIGA YONDASHISH
Nodirova, Farangiz
DOI: 10.5281/zenodo.20641436 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda differensiallashtirilgan o'qitish metodikasini tatbiq etishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari o'rganilgan. Tadqiqotda har bir o'quvchining individual bilish qobiliyati, o'zlashtirish sur'ati va qiziqishlari hisobga olingan holda ta'lim jarayonini moslashtirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada differensiallashtirilgan o'qitishning asosiy tamoyillari, uni boshlang'ich sinf darslarida qo'llash shakllari hamda o'qituvchining bu jarayondagi roli va vazifalari yoritilgan. Olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatdiki, differensiallashtirilgan yondashuv o'quvchilarning o'quv motivatsiyasini oshirishda, bilim sifatini yaxshilashda va har bir bolaning shaxsiy salohiyatini ro'yobga chiqarishda muhim pedagogik vosita sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari boshlang'ich ta'lim amaliyotiga tadbiq etilishi mumkin bo'lgan metodik tavsiyalar bilan yakunlangan.
differensiallashtirilgan o'qitish, boshlang'ich ta'lim, individual yondashuv, o'quvchi qobiliyati, o'quv motivatsiyasi, pedagogik metodika, ta'limni moslashtirishsh, bilim sifati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.