Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 23–25-betlar
CHAKKA-PASTKI JAG‘ BO‘G‘IMI DISFUNKSIYASI BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA OG‘RIQ SINDROMI, PSIXOEMOTSIONAL VA VEGETATIV BUZILISHLARNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI HAMDA KOMPLEKS NEVROLOGIK TERAPIYA SAMARADORLIGI
Raimova, M.M., Xasanova, M.F.
DOI: 10.5281/zenodo.20701263 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasi (CHPJBD) tashxisi qo‘yilgan 40 nafar bemorda klinik-nevrologik simptomokompleksning tarkibiy tahlili, og‘riq sindromi, psixoemotsional holat va vegetativ disfunksiya o‘rtasidagi korrelyatsion munosabatlarni aniqlash hamda ishlab chiqilgan differensial nevrologik yondashuv asosidagi kompleks terapiyaning samaradorligini baholashga bag‘ishlangan. Barcha bemorlar to‘liq nevrologik ko‘rikdan o‘tkazilib, VASH, McGill og‘riq so‘rovnomasi, Spilberger–Xanin xavotirlik shkalasi, Bek depressiya shkalasi, A.M. Veyn vegetativ distoniya shkalasi va SF-36 hayot sifati so‘rovnomasi yordamida kompleks baholandi. Yetakchi nevrologik sindromlar sirasiga zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i (95%), sistemali bo‘lmagan bosh aylanishi (70%), yuz sohasidagi paresteziyalar (55%), uyqu buzilishlari (82,5%) va vegetativ disfunksiya sindromi (90%) kiradi. Og‘riq intensivligi (VASH) va shaxsiy xavotirlik (r=0,72; p<0,01), depressiya darajasi (r=0,65; p<0,01) hamda vegetativ disfunksiya (r=0,58; p<0,05) o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyatsion bog‘liqlik aniqlandi.
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasi, zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i, markaziy sensibilizatsiya, xavotir, depressiya, vegetativ disfunksiya, kompleks davolash, kognitiv-xulq terapiyasi, postizometrik relaksatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.