Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 60–62-betlar

ELEKTRON DALILLARNI TO‘PLASH VA TAQDIM ETISHDA ADVOKAT FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Raimkulova, Muxlisa

DOI: 10.5281/zenodo.20825152 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot va elektron huquqiy munosabatlarning jadal rivojlanishi sharoitida elektron dalillarning fuqarolik-huquqiy nizolarni hal etishdagi o‘rni hamda ularni to‘plash, mustahkamlash va sudga taqdim etish jarayonida advokat faoliyatining o‘ziga xos jihatlari tadqiq etilgan. Muallif tomonidan elektron hujjatlar, elektron yozishmalar, internet-resurslardagi ma’lumotlar va boshqa raqamli axborotlarning daliliy ahamiyati tahlil qilinib, ularning ishonchliligi, maqbulligi va haqiqiyligini ta’minlash bilan bog‘liq protsessual masalalar yoritilgan. Shuningdek, elektron dalillar bilan ishlashda advokatning vakolatlari, elektron tijorat va virtual muhitda yuzaga keladigan shartnomaviy nizolarda advokat ishtirokining ahamiyati, milliy qonunchilik va xorijiy tajriba asosida mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida elektron dalillarni yig‘ish va ulardan foydalanishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, advokatlarning raqamli kompetensiyalarini oshirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini samarali himoya qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.

advokatlik faoliyati, raqamli dalillar, virtual muhit, elektron tijorat, elektron shartnoma, onlayn nizolarni hal etish (ODR), sud isboti, elektron hujjat, elektron hujjat aylanishi, elektron imzo, raqamli iqtisodiyot, virtual nizolar, elektron yozishmalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.