Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 107–111-betlar

SENTIMENT TAHLILI UCHUN LINGVISTIK TA’MINOTNI ANNOTATSIYALASH SXEMASI VA KO‘RSATMALARI

Allanazarova, Saboxat

DOI: 10.5281/zenodo.17060539 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada sentiment tahlili uchun lingvistik ta’minotni ishlab chiqishda annotatsiyalash sxemasi va ko‘rsatmalarni yaratish masalalari tahlil qilinadi. Taklif etilgan sxema matnlarning baholovchi xususiyatlarini aniqlash, ya’ni ijobiy, salbiy va neytral munosabatlarni belgilash imkonini beradi. Shuningdek, emotsional-ekspressiv birliklarning identifikatsiyasi ham ko‘zda tutiladi. Annotatsiyalash jarayonini standartlashtirish uchun ishlab chiqilgan ko‘rsatmalar annotatorlarning bir xil yondashuvni qo‘llashiga yordam beradi va izchillikni ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili matnlarini sentiment tahlil qilishda samarali lingvistik resurslarni yaratishda qo‘llanishi mumkin.

sentiment tahlili, lingvistik ta’minot, annotatsiya, annotatsiyalash sxemasi, emotsional birliklar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.