Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 4–6-betlar
MANGOLD NAVLARINING ADAPTIV QOBILIYATI VA BARQARORLIGINI BAHOLASH
Rasulova, Gulorom
DOI: 10.5281/zenodo.21102012 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida mangold navlarining barg hosildorligi bo‘yicha adaptiv qobiliyati va ekologik barqarorligi baholangan. Tadqiqotlar 2023–2025-yillarda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand tajriba stansiyasida olib borildi. Genotiplarning ekologik plastiklik darajasi S.A. Eberhart va W.A. Russell usuli asosida regressiya koeffitsiyenti (bi), umumiy adaptiv qobiliyat (OAS), o‘ziga xos adaptiv qobiliyat (SAT), nisbiy barqarorlik (S², %) hamda seleksion qiymat (Sksp) ko‘rsatkichlari orqali baholandi. Tadqiqot natijalari Miraj, Izumrud va Aliy navlari yuqori ekologik moslashuvchanlik va barqarorlikka ega ekanligini, Krasniy, Fayr Fresh F1 hamda Bright Lights navlari esa intensiv agrotexnologik sharoitlarda yuqori mahsuldorlikni namoyon etishini ko‘rsatdi.
mangold, adaptiv qobiliyat, ekologik plastiklik, barqarorlik, regressiya koeffitsiyenti, seleksiya, barg hosildorligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.