Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 21–23-betlar
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA FORS TILI INTEGRATSION KURSLARI BO‘YICHA TALABALARNING MUSTAQIL FAOLIYATINI MODELLASHTIRISH
Oripova, Xusnidaxon
DOI: 10.5281/zenodo.21125615 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tezisda oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, LMS Moodle platformasi hamda raqamli didaktik resurslar yordamida talabalarning fors tili bo‘yicha mustaqil o‘quv-bilib bilish faoliyatini modellashtirish masalalari tadqiq etilgan. Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini tizimli tashkil etish, ularning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish parametrlari empirik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Tajriba-sinov ishlari jarayonida olingan natijalar matematik-statistik metodlar (Styudentning t-kriteriyi) yordamida qayta ishlanib, taklif etilgan raqamli yondashuvning didaktik samaradorligi ilmiy asoslab berilgan.
lingvopedagogik model, fors tili leksikasi, Moodle tizimi, mustaqil ish, Styudent t-kriteriyi, raqamli didaktika,
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.