Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 25–28-betlar
OILAVIY MUHITDA BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASHDA OTA-ONANING PEDAGOGIK TA’SIRI
Atajanova, Rabbina
DOI: 10.5281/zenodo.21186701 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada oilada bolalarni estetik tarbiyalashda ota-onaning ta’siri nazariy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Unda estetik tarbiya tushunchasining mazmuni, oilaning birlamchi ijtimoiy-madaniy muhit sifatidagi o‘rni, ota-onaning shaxsiy namunasi, estetik muloqoti, ijodiy faoliyatni rag‘batlantirishi hamda bola uchun estetik muhit yaratishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, maqolada L.S. Vygotskiy, A. Bandura, U. Bronfenbrenner, J. Dewey, V. Lowenfeld va H. Gardnerning nazariy qarashlari asosida oilaviy estetik tarbiyaning ilmiy asoslari ochib berilgan. Atajanova R.R.ning oilada estetik madaniyat va tasviriy san’at orqali bolalarni tarbiyalashga oid fikrlari asosida ota-onalarning estetik-pedagogik kompetensiyasini oshirish zarurati asoslangan. Maqolada oilada estetik tarbiya bolaning go‘zallikni idrok etishi, baholashi, ijodiy ifodalashi, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida shakllanishi va shaxsiy rivojlanishida muhim omil ekani ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
estetik tarbiya, oilaviy muhit, ota-ona ta’siri, estetik madaniyat, tasviriy san’at, estetik did, ijodiy tafakkur, bola shaxsi, estetik-pedagogik kompetensiya, go‘zallikni idrok etish, oilaviy tarbiya, maktabgacha yosh.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.