Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 9–14-betlar

SANOAT KORXONALARIDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARI

Rixsiboyev, Nozimbek

DOI: 10.5281/zenodo.21216095 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda sanoat korxonalarida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida moddiy, energetik va mehnat resurslaridan samarali foydalanishning nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari hamda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda mashinaviy o‘qitish, chuqur o‘qitish, mustahkamlovchi o‘qitish, kompyuter ko‘rish, raqamli egizak, buyumlar interneti, katta ma’lumotlar tahlili va Edge AI texnologiyalarining ishlab chiqarish jarayonlariga integratsiyalashuvi energiya sarfini kamaytirish, tannarxni pasaytirish, uskunalarning prognozli texnik xizmatini tashkil etish, logistika zanjirlarini optimallashtirish, xomashyo yo‘qotilishini qisqartirish va mahsulot sifatini oshirish nuqtai nazaridan yoritilgan. Xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda 2022–2026-yillarda Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy manbalar asosida qiyosiy tahlil o‘tkazilib, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, AQSH va O‘zbekiston tajribasi solishtirilgan. ROI, OEE, TFP, resurs samaradorligi indeksi va energiya samaradorligi indeksi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida sun’iy intellect joriy etishning miqdoriy samarasi baholangan. O‘zbekistonning yirik sanoat korxonalari misolida sun’iy intellect texnologiyalarini joriy etish istiqbollari asoslangan hamda o‘nta mualliflik ilmiy taklifi ishlab chiqilgan.

sun’iy intellekt, resurs samaradorligi, prognozli texnik xizmat, raqamli egizak, buyumlar interneti, energiya samaradorligi, aqlli zavod, mashinaviy o‘qitish, iqtisodiy samaradorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.