Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 19–23-betlar

ABDULLA AVLONIY – MILLIY UYGʻONISH VA MA’RIFATPARVORLIK HARAKATINING YETAKCHI NAMOYANDASI

Baltamuratova, Aksungul, Abduraxmonova, Munira

DOI: 10.5281/zenodo.21221543 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada milliy uygʻonish va ma’rifatparvorlik harakatining yetakchi namoyandalaridan biri Abdulla Avloniyning ijtimoiy-pedagogik faoliyati va ma’rifiy merosi tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asari hamda uning maktab-maorif tizimini isloh qilishga qaratilgan gʻoyalari orqali XX asr boshlaridagi oʻzbek ma’rifatparvorlik harakatidagi oʻrnini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, mantiqiy tahlil va manbashunoslik metodlaridan foydalanilgan boʻlib, arxiv hujjatlari, davriy matbuot materiallari hamda zamonaviy pedagogika tarixiga oid ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida Avloniyning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi xizmatlari, milliy tildagi darsliklar yaratish borasidagi ishlari va uning axloqiy-tarbiyaviy qarashlari tizimli tarzda yoritildi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Abdulla Avloniyning ma’rifatparvorlik faoliyati bugungi kunda ham milliy ta’lim tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Abdulla Avloniy, milliy uygʻonish, ma’rifatparvorlik harakati, jadidchilik, yangi usul maktablari, «Turkiy guliston yoxud axloq», axloqiy tarbiya, oʻzbek pedagogikasi tarixi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.