Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 60–63-betlar

ORALIQ EKINDA PIYOZ KO‘CHATLARINING TURLI VEGETATIV QISMLARINI CHILPIB EKISHNING HOSILDORLIK VA HOSIL SIFATIGA TA’SIRI

Mirzasoliyev, Mirzaosimjon, Shokirov, Alisher

DOI: 10.5281/zenodo.21289561 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada oraliq ekin sharoitida piyoz (Allium cepa L.) ko‘chatlarining ekish oldidan ildiz va barglarini turli variantlarda chilpishning tovarbop va notovar hosil shakllanishiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida ko‘chatlarni ildizining 1/3 qismi, bargining 1/3 qismi hamda ildiz va bargining 1/3 qismi bir vaqtning o‘zida chilpib ekish variantlari nazorat bilan qiyosiy baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, bargning 1/3 qismini chilpib ekish eng yuqori tovarbop hosil (46,2 t/ga) va eng past notovar hosil (3,5 t/ga) ta’minladi. Aniqlanishicha, barglarni qisman chilpish ko‘chatlarning ekishdan keyingi moslashuvchanligini oshirib, transpiratsiya jarayonini me’yorlashtirishi hisobiga mahsuldorlikni oshiradi. Tadqiqot natijalari oraliq ekinlarda piyoz yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish hamda yuqori tovarbop hosil olish uchun ilmiy asoslangan agrotexnik tavsiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

piyoz, ko‘chat, oraliq ekin, chilpish, bargni chilpish, ildizni chilpish, umumiy hosil, tovarbop hosil, hosil sifati, agrotexnika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.