Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 64–67-betlar

KO‘CHATLARNI EKISH MUDDATI VA YOSHINI NIHOLLARNING XATO MIQDORI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARIGA TA’SIRI

Mirzasoliyev, Mirzaosimjon, Shokirov, Alisher

DOI: 10.5281/zenodo.21289605 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda piyoz ko‘chatlarini turli ekish muddatlari (21–25 sentyabr, 1–5 oktyabr, 10–15 oktyabr va 20–25 oktyabr) hamda turli yoshdagi (25, 35 va 45 kunlik) ko‘chatlarni ekish nihollarning xato miqdori va ularni rivojlanish jarayonlariga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ekish muddati kechikkan sari ko‘chatlarning xato miqdori ortib borishini ko‘rsatdi. Eng kam xato miqdori 21–25 sentyabrda ekilgan 45 kunlik ko‘chatlarda 5,2% (22 317 ming dona), eng yuqori ko‘rsatkich esa 20–25 oktyabrda ekilgan 25 kunlik ko‘chatlarda 10,3% (44 205 ming dona) ni tashkil etdi. Shuningdek, 35 va 45 kunlik ko‘chatlarda barglarning sarg‘ayish bosqichida xato miqdori kam bo‘lganligini ko‘rsatdi, ularning tashqi muhit omillariga chidamliroq ekani aniqlandi. Tadqiqot natijalari piyozni ko‘chat usulida еtishtirishda maqbul ekish muddati va ko‘chat yoshini to‘g‘ri tanlash orqali o‘simliklarda xato miqdorini kamayishi va bu orqali hosildorlikni oshishini ko‘rsatdi.

piyoz, ko‘chat, ekish muddati, ko‘chat yoshi, xato miqdori, sarg‘ayish bosqichi, rivojlanish, agrotexnika, fenologiya, saqlanuvchanlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.