Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 70–75-betlar
KESMOQ- QIRQMOQ, YARALAMOQ - JARAHATLAMOQ HARAKAT FE’LLARI SINONIMLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI (PARALLEL KORPUS MISOLLARI ASOSIDA)
Hasanova, Gulhida
DOI: 10.5281/zenodo.21305400 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi harakat fe’llari sinonimlarining leksik-semantik farqlanishi parallel korpus materiallari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda kesmoq – qirqmoq hamda yaralamoq – jarohatlamoq fe’llari sinonim juftliklari harakatda anglashilgan voqea tuzilishi, to‘ldiruvchi xususiyatlari, harakat bajarilish usuli hamda natijaviylik kabi semantik komponentlar asosida o‘rganiladi. Tahlil natijalari ushbu fe’llarning umumiy semantik yadrosi mavjud bo‘lishiga qaramay, voqea tuzilishi, obyekt turi, bajarilish usuli, natijaviylik va pragmatik xususiyatlar jihatidan farqlanishini ko‘rsatadi. Kesmoq va qirqmoq fe’llari kesish harakatini bildirsa-da, kesmoq ko‘proq jarohat yetkazish yoki keskin uzilish ma’nosini ifodalaydi, qirqmoq esa qisqartirish yoki bir qismini ajratib olish jarayonini bildiradi. Yaralamoq va jarohatlamoq fe’llari ham umumiy “shikast yetkazish” semantik yadrosiga ega bo‘lsa-da, uslubiy va baholovchi jihatdan farqlanadi. Yaralamoq ko‘proq badiiy va emotsional kontekstlarda qo‘llansa, jarohatlamoq rasmiy va terminologik diskursga xosdir.
harakat fe’llari, sinonimiya, leksik-semantik tahlil, parallel korpus, harakatda anglashilgan voqea tuzilishi, to‘ldiruvchi xususiyatlari, pragmatik farqlanish
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.